Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda xizmat burchini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan uch nafar ichki ishlar xodimining nomi abadiylashtirildi
Ichki ishlar vazirligi tizimda xizmat qilib, yurt tinchligi yo‘lida jon bergan xodimlar yodini abadiylashtirish ishlarini davom ettirmoqda.
22 yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida jon fido qilgan ichki ishlar organlari xodimlari, marhum Bekseid Kentayev, Zoitbek Ahmedov va Azizxon Tursunovlar tahsil olgan 25- va 28-sonli umumta'lim maktablarida ularning yodini abadiylashtirish maqsadida «Xotira burchagi» tashkil etildi va shu munosabat bilan rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirni Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik Aziz Toshpo‘latov va Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i polkovnik Tohir Aripov ochib berdi va ushbu marhum militsiya inspektorlarining hayoti, bosib o‘tgan sharafli yo‘li haqida tadbir qatnashchilariga qisqacha ma'lumot berib o‘tdi.
Tadbirga ushbu xodimlarning ota-onalari ham taklif etilib, ularga mard va jasur farzandni tarbiyalab voyaga yetkazganlari uchun rahbariyat nomidan minnatdorchilik bildirildi.
«So‘zga chiqqanlar yodgorlikni o‘rnatilishidan maqsad kelgusi avlodning vatanparvarlik ruhida ulg‘ayishi, marhum xodimlarning bosib o‘tgan, shonli yo‘llari va ko‘rsatgan qahramonliklaridan ibrat olib, maktabda yaxshi va a'lo baholarga o‘qishlari, yurt tinchligi uchun o‘z hayotini ham ayamagan shu insonlar, qolaversa buyuk bobolarimiz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdilarga munosib voris bo‘lishlari keraklini ta'kidladilar», – deyiladi Toshkent viloyat IIBB Axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025