Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvada velosipedda suv tashiyotgan ayollar yashovchi mahallada muammo hal etilmoqda
22 yanvar kuni saytimizda Farg‘onaning Quva tumani Xonobod qishlog‘idagi ichimlik suvi muammosi haqida «Farg‘onaning Yangi asrida ayollar velosipedda suv tashiydi» nomli maqola va videolavha e'lon qilingan edi.
Unda Xonobod mahallasida yashovchi aholi vakillari uzoq yillardan buyon ichimlik suvini 1,5 km uzoq joydan tashib ichayotgani, ayollar velosiped va aravalarda olib kelayotgani aks etgan edi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mazkur muammo nazoratga olinib, tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ma'lum qildi.
«23 fevral kuni «Suvoqava» unitar korxonasi Quva tuman filiali tomonidan Xonobod mahallasidagi ichimlik suvi muammosini bartaraf etish uchun 500 metr quvurlar olib kelindi.
Mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida uch kun davomida qazish ishlari boshlanishi haqida tushuncha berildi. Ayni paytda hududda suv o‘tkazish ishlari boshlangan. Kamchiliklarni bartaraf etish shaxsan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri nazoratiga olindi», – deyiladi vazirlik matbuot xizmati axborotida.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025