Jamiyat | 14:30 / 24.01.2020
31909
4 daqiqa o‘qiladi

Xayriya: Otasiz o‘sgan yigit farzandi otasiz qolishidan qo‘rqmoqda

O‘tkinchi dunyoga kelgan har bir bandaga uning sabri yetgunchalik sinov keladi. Kimningdir mol-mulkiga musibat yetsa, yana kimningdir tan-sihatligiga putur yetadi. Shundaylardan biri og‘ir dardga chalingan hamyurtimiz Feruz Ahrorovdir.

2-guruh nogironi bo‘lgan Feruz 29 yoshda. Navoiy shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun taqdim etilgan ko‘p qavatli turarjoyda istiqomat qiladi.

Feruzda 6 yilcha oldin gepatit V aniqlangan va bu jigar sirroziga olib kelgan. Keyinchalik unda gepatit D virusi ham borligi ma'lum bo‘lgan. Feruzga virus etiologiyali jigar sirrozi, HbsAg va HBV ijobiy, Chayld-pyu bo‘yicha dekompensatsiya bosqichi tashxisi qo‘yilgan.

Bugungi kunda bemor portal gipertenziya, splenomegaliya, Assit, qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi kabi asoratlardan aziyat chekmoqda. Oxirgi marotaba qizilo‘ngachida qon ketishi oqibatida jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirgan. Yaqinginada 10 kun mobaynida komaga ham tushib qolgan… 

Ta'kidlash o‘rinliki, Feruzning ahvoli kundan kun og‘irlashmoqda. Davolanish uchun esa, katta miqdorda pul zarur. Hindistonda jigar almashtirish amaliyotini o‘tkazish uchun 360 million so‘m mablag‘ talab etiladi.

Hayotda katta orzularini ro‘yobga chiqarishni xohlayotgan, farzandining kamolini ko‘rishni istayotgan hamyurtimiz yordam qo‘lini cho‘zib, xayr-saxovatli yurtdoshlaridan ehson qilishlarini so‘ramoqda. Kun.uz tahririyati ham saxovatpesha o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, moddiy torlikda qolgan yana bir hamyurtimizning mushkulini oson qilish borasida hissa qo‘shishga undaydi.

Shubhasiz, har bir qilingan zarrachalik yaxshilikning ajri-mukofoti bor. Ehson qila olmaydigan uzrlilarimiz esa, uning haqiga duoi-xayrlar qilib qo‘yishsa, zora duolari sharofatidan Alloh Feruzga shifoyi komil bersa...

Ushbu muborak kunlar arafasida Alloh qilgan har bir xayrli ishlaringizning savoblarini misqol-misqol ko‘paytirib bersin!

Ahrorov Feruz
Plastik kartochka raqami: 8600 0423 8770 4439
AGROBANK Navoiy viloyati hududiy filiali
MFO: 00197
INN: 200007371
naqd pulsiz - 2312 0000 9000 0019 7001
naqd pul - 2311 6000 4000 0019 700
Telefon raqami: +998973672725

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz, darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid