O‘zbekiston | 01:16 / 27.01.2020
13275
2 daqiqa o‘qiladi

Migrantlarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash bepul ekani ma'lum qilindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Baxtiyor Tursunovning aytishicha,  xorijga ishlashga ketayotgan mehnat migrantlarining hayoti va salomatligi sug‘urtalash bepul.

“Odamlarimizning sug‘urta tizimiga u qadar ham ishonmagani uchun ham xorijga ishga ketishni mo‘ljallayotgan mehnat migrantlarining hayoti va salomatligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotini qoplash uchun subsidiyalar berilmoqda. Bu nima uchun qilinmoqda? Xudo ko‘rsatmasin har xil holatlar bor. Shunaqa holatlarga tushganingizda kim pul berarkan, davolanishga qayerdan pul topaman degan savollar tug‘ilmaydi, hayotingiz va salomatligingizni sug‘urta qildirgan bo‘lsangiz, sug‘urta kompaniyasi barcha xaraatlaringizni qoplab beradi” deydi u.

Baxtiyor Tursunovning ta'kidlashicha, hayot va salomatlik sug‘urtasi ko‘pchilik o‘ylaganchalik katta pul turmaydi. Ish vaqtida biror falokat ro‘y berib, bir umrga nogiron bo‘lib qolganda yoki halok bo‘lganda, ish beruvchining himmatiga ko‘z tikib o‘tirgandan ko‘ra sug‘urta orqali zararni qoplash ishonchliroq hisoblanadi.

“Bir yillik sug‘urta 100 yoki 200 ming so‘m turadi. Bu mehnat migrantiga yoki uning oilasiga qancha narsada yordam berishi mumkin. Buning uchun mehnat migranti O‘zbekistonga kelishiyam shartmas. Qarindoshlari istalgan sug‘urta kompaniyasiga borib, uning hayoti va salomatligini sug‘urta qildirib qo‘ysa bo‘ladi”, deydi Tursunov.

Mavzuga oid