JSST yangi koronavirusning xalqaro miqyosda tarqalish xavfi darajasini oshirdi. Tramp Xitoyga o‘z yordamini taklif qildi
Xitoydagi yangi koronavirus xalqaro miqyosda tez sur'atlarda tarqalish bilan xavf solmoqda. Bundan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ogohlantirdi.
Shu sababli JSST mutaxassislari virusning tarqalish xavfini “o‘rtamiyona”dan “yuqori”gacha oshirishdi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, shu vaqtgacha virusning tarqalish xavfi Xitoy uchun juda yuqori, mintaqaviy ko‘lamda yuqori va xalqaro darajada o‘rtamiyona deb hisoblab kelinayotgandi.
Kun sayin koronavirus tobora ko‘proq davlatlarga tarqalmoqda. Jumladan, virus bilan kasallanish holatlari Kamboja, Hongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada qayd qilingan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusdan halok bo‘lganlar soni 82 nafarni tashkil qilmoqda, kasallanganlar soni esa 2,8 mingdan oshib ketdi. Shuningdek, Xitoy poytaxti Pekinda virusdan birinchi o‘lim holati qayd qilindi.
Bundan tashqari, Xitoyda yovvoyi hayvonlarni sotish taqiqlab qo‘yildi. Hukumat bunday qadamga mutaxassislar kasallik manbasi ilonlar va ko‘rshapalaklar bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandan keyin borgan.
Bu orada AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga koronavirusga qarshi kurashda yordam taklif qildi. Uning ta'kidlashicha, Vashington Xitoy yetakchisi Si Tszinpin va xitoy xalqiga har qanday zaruriy yordamni ko‘rsatishga tayyor.
Tramp AQShda ham koronavirusdan kasallanish holatlari qayd qilinganini eslab o‘tgan, biroq AQSh tibbiy xizmatlari xodimlarining yuqori malakali ekaniga ishonishini aytgan.
“AQShda virusdan kam sonda kasallanish holatlari haqida ma'lum qilinmoqda, biroq biz vaziyatni sinchkov kuzatmoqdamiz. Biz Xitoyga va prezident Siga istalgan yordamni taklif qildik. Bizning mutaxassislar eng a'losi”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024