Shifokor erta qarishga olib keluvchi mahsulotlarni aytdi
Ispaniyalik parhezshunos shifokor Yelena de la Fuente Idalgo qanday qilib erta qarishning oldini olish mumkinligini aytdi.
"Biz erta qarishning oldini olish uchun jismoniy mashqlarga zo‘r beramiz, ammo eng asosiysini – to‘g‘ri parhezni unutamiz", — dedi u La Vanguardia nashriga bergan intervyusida.
Idalgo ovqatlanishda mavsumiy meva-sabzavotlar, dukkaklilar, fermentlangan sut mahsulotlari, masalan yogurt va qatiqqa ko‘proq urg‘u berish kerakligini maslahat berdi.
Bundan tashqari, uning ta'kidlashicha, alkogoldan voz kechish kerak, chunki alkogol DNKni zararlanishdan himoyalovchi hujayralarni o‘ldiradi.
Parhezshunos kartoshka va tarkibida ko‘p miqdorda transyog‘lar bo‘lgan margarin, shakar va tuzni insonni "qarituvchi" mahsulotlar sifatida tilga oldi.
Mavzuga oid
16:49
Karbonat angidrid iqlim uchun zararli, ammo inson organizmiga foydali - tadqiqot
23:55 / 26.11.2024
Dunyoda OIVga chalinish va undan o‘lim 12 yil ichida keskin kamaydi - tadqiqot
21:24 / 23.11.2024
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
15:25 / 21.11.2024