Fan-texnika | 22:32 / 05.02.2020
6109
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook kompaniyasi Instagram orqali 20 mlrd dollar ishlab topdi 

Instagram ijtimoiy tarmog‘i Facebook kompaniyasiga bir yilda 20 mlrd dollar daromad keltirdi. Bu kompaniyaning 2019 yildagi daromadining chorak qismidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. 

Foto: Getty Images

Bu haqda Bloomberg axborot agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Facebook bu daromadni 2019 yil davomida ijtimoiy tarmoqdagi reklamadan olgan. Bu qiymat kompaniyaning 2019 yilda olgan jami daromadining chorak qismidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. 

Bloomberg’ning ta'kidlashicha, Facebook Instagram’dan olgan daromadini alohida band bilan ko‘rsatmaydi.

Facebook bu borada izoh berishdan bosh tortgan.

Avvalroq Google kompaniyasi YouTube’dan qancha daromad olishini ilk bor ma'lum qilgandi. Ta'kidlanishicha, videoportal 2019 yilda o‘z egasiga 15,1 mlrd dollar daromad keltirgan. 

Mavzuga oid