Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda korxona egalari bino sotilmasligi uchun 7,5 mlrd so‘mlik qarzini to‘ladi
Yashnobod tumanida «Asaka» banki oldidagi 7,5 milliard so‘mlik kredit qarzini to‘lamay kelgan korxona egalari, majburiy undiruv korxonaga tegishli binoga qaratilganidan keyin, qarzini to‘ladi.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor korxona hisobidan undiruvchi ATB «Asaka» bank foydasiga jami 7 mlrd. 590 mln. 947 ming so‘m kredit qarzdorligi, 16 218 so‘m pochta xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limiga kelib tushgan.
MIB xabariga ko‘ra, hujjatda undiruvni garovga qo‘yilgan, qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan, Toshkent shahar Yashnobod tumani Sultonali Mashhadiy ko‘chasida joylashgan umumiy maydoni 14280 kv.m.dan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish va ma'muriy binosiga qaratish belgilangan edi.
Shu asosda mol-mulk elektron onlayn auksionga chiqarilgan.
Shundan so‘ng qarzdor korxona bino sotilishining oldini olish maqsadida, «Asaka» bank oldidagi 7 mlrd. 590 mln. 947 ming so‘m kredit qarzini to‘liq to‘lab berdi.
Natijada qarzdorga qarashli binoning onlayn auksionda sotilishi to‘xtatildi.
Mavzuga oid
14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
15:45 / 18.03.2025
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
17:27 / 27.02.2025