Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda «farrosh» qushlar paydo bo‘ldi
BAAning Abu-Dabi shahri bog‘larida antiqa ekologik tashabbus amalga oshirilmoqda. Uning doirasida to‘tiqush va qarg‘alar bog‘larni mayda chiqindilardan tozalashga o‘rgatildi.
Bog‘larni ozoda tutishga to‘tiqush va qarg‘alardan iborat “farroshlar” guruhi kirishdi.
Qushlar Barari Natural Resources tashkiloti tomonidan mayda chiqindilarni terishga o‘rgatilgan. Ushbu tashkilot BAA poytaxtidagi 400 ta ko‘kalamzor hududga javobgar va “Tabiat bizni o‘rgatadi” tashabbusini amalga oshirmoqda.
Qushlar shahar bog‘lariga chiqarilib, chiqindilarni to‘g‘ri utillashtirish muhimligini yon-atrofdagi odamlarga namoyish qilishadi. Tashkilot xodimlarining ta'kidlashicha, qushlarda sezgi organlaridan ko‘rish eng yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular bu qobiliyatlari evaziga kichik o‘lchamli plastik chiqindilar va sigaret qoldiqlarini payqay oladilar.
Hozirda qushlar plastik, qog‘oz bo‘laklari va sigaret qoldiqlarini aniqlashga o‘rgatildi. Qushlar keyingi bosqichda chiqindilarni turli konteynerlarga saralashga o‘rgatiladi. Dasturda hammasi bo‘lib 25 ta qush ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025