Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston sobiq moliya vaziri 3,7 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblanmoqda
Ushbu ish bo‘yicha moliya vazirining sobiq o‘rinbosari ham ayblanuvchi sifatida jalb etilgan. U 2018 yilda mamlakatni tark etgani bois xalqaro qidiruvga berilgan.
Armaniston sobiq moliya vaziri Gagik Xachatryan 1,747 mlrd dram (3,7 mln dollar) miqdoridagi davlat mablag‘larini talon-toroj qilishda ayblanmoqda. Bu haqda Armaniston milliy xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, u o‘z o‘rinbosari bilan til biriktirib, mamlakat bojxona tizimi uchun aslida 2000 dona qulf kerak bo‘lsa-da, 2 mlrd 282 mln dram (4,805 mln dollarga yaqin)ga 7500 dona elektron qulf sotib olgan. 2019 yil oktabr holatiga atigi 251 dona qulfdan foydalanilgani aniqlangan.
Ushbu ish bo‘yicha moliya vazirining sobiq o‘rinbosari ham ayblanuvchi sifatida jalb etilgan. U 2018 yilda mamlakatni tark etgani bois xalqaro qidiruvga berilgan.
Gagik Xachatryan o‘tgan yil avgustda hibsga olingan. U 2008 yildan 2014 yilgacha davlat daromadlari qo‘mitasiga rahbarlik qilgan, 2014 yildan 2016 yil oxiriga qadar moliya vaziri bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
08:23 / 22.03.2025