Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vadim Abramov: «Sardor Rashidov BAAdagi yig‘inimiz ro‘yxatidan joy olgandi, ammo...»
O‘zbekiston milliy jamoasi 18-24 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazadi. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Vadim Abramov shogirdlari 23 fevral kuni Belarus milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Ushbu yig‘in oldidan Tribuna.uz sayti muxbiri O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan suhbatlashib, so‘nggi o‘yinlarda klubi safida gol urayotgan Sardor Rashidovning milliy jamoaga qachon chaqirilishi haqida so‘radi.
«Sardor Rashidovning natijalaridan yaxshi xabardormiz. Uni Birlashgan Arab Amirliklaridagi 18-24 fevral kungi yig‘inga jalb etadigan ro‘yxatga kiritgan edik. Ammo, Belorus milliy jamoasi bilan bahs oldidan 21 fevral kuni Sardor Rashidovning klubi chempionat doirasida tur uchrashuvini o‘tkazishi lozim. O‘yinimiz FIFA kunlarida o‘tkazilmayotgani bois, Sardorni klubidan chaqira olmaymiz. Rashidovni keyingi yig‘inlarda taklif etish rejamizda bor» - deydi O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Karlenovich.
Ma'lumot uchun, Sardor Rashidov kuni kecha Qatar Amiri kubogi 1/8 finali doirasida «Al-Ahli» - «Qatar SK» (2:1) o‘yinida jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi
14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze
21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida
15:16 / 25.03.2025