Jahon | 20:16 / 11.02.2020
33758
1 daqiqa o‘qiladi
Bag‘dodda hammayoq qor. Iroq poytaxtida 12 yildan so‘ng qor yog‘di (fotogalereya)
Bag‘dodliklar 11 fevral kuni 12 yil deganda ilk marta qor bilan uyg‘onishdi. Bugun, 11 fevral kuni Iroq poytaxtida havo harorati -2 darajagacha pastlagan. Iroqning tog‘li hududlarida qor yog‘ishi odatiy hol, ammo Bag‘dodda tabiatning bu hodisasi kam uchraydi.
Ertalabdan ijtimoiy tarmoqlarda qorga burkangan Bag‘dod suratlari joylandi. AP ma'lumotiga ko‘ra, Bag‘dodda oxirgi marta 2008 yilda qor yoqqan. Bir foydalanuvchining yozishicha, 2008 yil Iroq poytaxtida 100 yil deganda qor yoqqan. Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlari, xususan Eron, Turkiyaning issiq hududlari ham qorga burkangan.
Mavzuga oid
12:42 / 08.02.2024
Bag‘dodda «Kataib Hizbulloh» guruhi yetakchisi o‘ldirildi
22:34 / 04.01.2024
AQSh Iroqda «Hizbulloh» qo‘mondoni mashinasiga zarba berdi
22:09 / 23.11.2023
Kollej direktorini kaltaklagan Bag‘dod hokimi o‘rinbosari hayfsan oldi
09:36 / 20.07.2023