Jamiyat | 20:21 / 12.02.2020
6101
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyati hududida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning bir fuqarosi vafot etdi, yana ikki nafar o‘zbekistonlik tan jarohati oldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 7 fevral, juma kuni, Chelyabinsk viloyati hududidan o‘tuvchi Yujnouralsk—Magnitogorsk trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarosi M.R. vafot etgan. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari M.N. va A.R. tan jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

TIV tomonidan qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, jarohatlanganlar va ularning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilgan, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhum ayolning jasadini turmush o‘rtog‘i hamrohligida O‘zbekistonga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid