Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasi ochiladi
Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etiladi, Toshkent shahrida Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasi ochiladi
2020 yilning 11 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Hovsep Voskanyan bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, qo‘shma tadbirlarni, jumladan Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, Toshkent shahrida Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishini, xususan 2019 yilda 980 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga oshishini ijobiy baholadilar va 2019 yili Berlin va Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya sammitlari chog‘ida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlar ruhida savdo sohasidagi hamkorlikni oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Uchrashuvda Germaniyaning 40 ga yaqin kompaniyalari va banklari O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalarini ochganligi, 200 dan ortiq qo‘shma korxonalar tashkil etilgani, shundan 61 tasi 100 foiz Germaniya kapitali ishtirokida tashkil etilgani ta'kidlandi.
Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining 5-6 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent investitsiya forumida ishtirok etishiga alohida e'tibor qaratdilar. Ushbu tadbir O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirgan xalqaro biznes uchrashuvlari uchun eng yirik maydonga aylanishi kutilmoqda, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025