Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Huawei o‘rnini bosadigan boshqa kompaniya izlamoqda
AQSh ma'muriyati Xitoyning Huawei kompaniyasini harbiylar va razvedka bilan hamkorlikda ayblab keladi. Bundan tashqari, AQSh qator davlatlarni 5G texnologiyasiga o‘tishda Huawei qurilmalaridan foydalanmaslikka chaqirmoqda.
AQSh Xitoyning Huawei kompaniyasi o‘rniga 5G telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha muqobil texnologiyalarni taklif eta oladigan xorijiy kompaniyalar tajribasini o‘rganmoqda. Bu haqda Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada AQSh mudofaa vaziri Mark Esper ma'lum qildi.
"Muqobillikni shakllantirish kerak, chunki biz shunchaki Huawei’dan voz kechishga chaqira olmaymiz. Hozirda AQSh hukumatida bu masala muhokama qilinmoqda. Biz sinab ko‘rish va mos kelganini tanlab olish uchun tegishli texnologiyalarni taklif etayotgan kompaniyalar bilan aloqada bo‘lib turibmiz", - dedi Esper.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh 5G aloqasini rivojlantirish bo‘yicha muqobil texnologiyalarni izlamoqda.
Huawei korporatsiyasi 1987 yilda tashkil etilgan. U telekommunikatsiya qurilmalari, iste'mol buyumlari, smartfonlar ishlab chiqaradi. Kompaniya mahsulotlari 170dan ortiq mamlakatda sotiladi.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada chiqishi chog‘ida Xitoy texnologik kompaniyalari XXR razvedkasi uchun “troya oti” ekanligini aytgandi. Bundan tashqari, Pompeo Xitoy kompartiyasi G‘arbga tahdid solishini qayd etgandi.
AQSh ma'muriyati Xitoyning Huawei kompaniyasini harbiylar va razvedka bilan hamkorlikda ayblab keladi. Bundan tashqari, AQSh qator davlatlarni 5G texnologiyasiga o‘tishda Huawei qurilmalaridan foydalanmaslikka chaqirmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025