Jamiyat | 20:38 / 16.02.2020
8131
2 daqiqa o‘qiladi

Aliment undirishga borgan MIB xodimlari oilalarni yarashtirmoqda

Konstitutsiyamizda ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanligi aniq qilib belgilab qo‘yilgan. Lekin bu majburiyatni har doim ham ota-onalar (ko‘proq otalar) his etmasdan, farzandlar ta'minotidan qochib yurishadi

Foto : KUN.UZ

Buning oqibati o‘laroq, Majburiy ijro byurosi hududiy organlariga aliment masalasida ijro hujjatlari kelib tushadi, shikoyatlar yoziladi.

Aliment undirilishi muqarrar ekanligi tushuntirilgach yoki bu borada majburiy ijro harakatlari amalga oshirila boshlagach, ajrashgan oilalar orasida yarashishga qaror qilganlari ham chiqib qolmoqda.

MIBning Samarqand shahar bo‘limi xodimlari ham xixmat yuzasidan bu holatga ko‘p duch kelishadi. Bo‘lim vakilining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, ijro harakatlari davomida ota-onalarga ularning majburiyatlari tushuntiriladi. Alimentdan qochishning huquqiy oqibatlari batafsil ma'lum qilingach, sobiq er-xotinlar aslida arzimas sabab bilan ajrashganini ma'lum qilib, oilani tiklashmoqda. Yoki muttasil aliment to‘lanib kelgan oilalarda ham yarashuv holatlari ko‘paymoqda.

Boshqacha aytganda, ijro muqarrarligi oilalarning yarashuvidek ezgu ishga sabab bo‘lmoqda. Ana shu tarzda joriy yilning shu kuniga qadar yarashgan bunday oilalar soni birgina Samarqandda 46 taga yetgan.

Birgina misol: fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2018 yil 12 fevraldagi sud buyrug‘iga asosan fuqaro S.T. turmush o‘rtog‘i U.R. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi moddiy ta'minoti uchun aliment to‘lashi lozim bo‘lib, S.T. oilasi bilan birga istiqomat qilmasdan, alohida yashab, 2 yil davomida aliment to‘lab kelgan.

MIBning Samarqand shahar bo‘limi xodimlari sa'y-harakatlari bilan mazkur oila yarashtirildi.

Mavzuga oid