Ilon Mask kompaniyasi orbitaga navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshni chiqardi
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi orbitaga navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshni chiqarib, dunyodagi eng yirik sun'iy yo‘ldosh operatoriga aylandi. Endi kompaniya 300 ta sun'iy yo‘ldoshdan iborat orbital guruhga ega.
Sun'iy yo‘ldoshlar orbitaga 17 fevralda Falcon 9 raketasi yordamida Starlink global internet tarmog‘ini shakllantirish uchun chiqarilgan.
Raketa AQSh sharqiy sohili bo‘yicha soat 10:05da NASA’ning Kanaveral burnidagi kosmodromidan uchirilgan.
Ayni vaqtda kompaniyaning orbitadagi sun'iy yo‘ldoshlari soni 300 taga yetdi. Qurilmalar Yer atrofidagi orbitaga chiqarilgan.
Starlink sun'iy yo‘ldoshlari birinchi marotaba 212 kmdan 386 kmgacha balandlikdagi elliptik orbitaga chiqariladi. Ular kompaniya muhandislari tomonidan ishlayotganlikka tekshirilgach, o‘zining ion dvigatellari yordamida 550 km balandlikdagi orbitaga ko‘tariladi. Qayd etish joiz, Starlink’ning avvalgi sun'iy yo‘ldoshlari doiraviy orbitaga chiqarilgan.
Bu Starlink loyihasi doirasida internet-sun'iy yo‘ldoshlar guruhining orbitaga beshinchi chiqarilishidir. Ilk 60 ta sun'iy yo‘ldosh 2019 yil may oxirida, ikkinchisi noyabrda, uchinchi va to‘rtinchisi 2020 yil yanvarida orbitaga chiqarilgan.
Kompaniya sayyoramiz aholisining istalgan nuqtadan internetga keng polosali kirishini ta'minlovchi katta ko‘lamli tarmoqni yaratish uchun 12 mingta sun'iy yo‘ldoshdan iborat orbital guruhni yoymoqchi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun investitsiyalarning umumiy qiymati 10 mlrd dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
17:20 / 20.11.2024
SpaceX oltinchi marta Starship raketasini sinovdan o‘tkazdi. Parvozni Donald Tramp ham kuzatib bordi
22:48 / 18.11.2024
Starlink uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
23:13 / 15.11.2024