Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 19 nogironning qotili o‘lim jazosiga hukm qilindi
2016 yilda Sagamixara shahridagi aqliy qobiliyatlari cheklangan odamlar uchun mo‘ljallangan muassasadagi nogironlarga hujum qilgan Satosi Uematsu o‘lim jazosiga hukm qilindi.
Bunday qarorni Yokogama shahri sudi chiqardi.
Yanvardagi sud jarayonida 30 yoshli ayblanuvchining advokatlari uning ong-shuursiz deb topilishini talab qilishgan. Ta'kidlanishicha, Uematsu ilk sud jarayonida birdan to‘polon ko‘tarib, og‘ziga nimanidir solishga harakat qilgan. Biroq sud nozirlari uni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lishgan. Ayblanuvchi sudda qilgan ishini tan olib, o‘z harakatlari uchun uzr so‘ragan.
Sagamixaradagi muassasaga hujum 2016 yil iyulda sodir etilgan. O‘sha vaqtda muassasada 18 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 150 kishi bo‘lgan. Pichoq bilan amalga oshirilgan hujum oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, 20dan ko‘proq kishi jarohat olgan. Uematsu bu muassasada 3 yilcha ishlab, voqeadan bir necha oy oldin bo‘shab ketgan.
Ayblanuvchi o‘z harakatlarini aqli zaif bemorlarni odam o‘rnida ko‘rmasligi va ularni azob-uqubatlardan xalos etmoqchi bo‘lgani bilan tushuntirgan. Avvalroq Uematsu giyohvand moddalar qabul qilgani ham ma'lum qilingan.
Yaponiyada o‘lim jazosi dorga osish yo‘li bilan ijro etiladi. Mahbus o‘lim jazosiga mahkum qilinganini yillar davomida kutishi mumkin, biroq undan ijro etiladigan kun ertalabgina xabar topadi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025