O‘zbekiston | 08:22 / 19.02.2020
22877
9 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 46ta vazifa va funksiyalari qisqartirildi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilgan 46 turdagi vazifa va funksiyalar qisqartirildi

Foto: mahallakengashi.uz

Prezident “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilgan 46 turdagi hamda profilaktika inspektorlariga yuklatilgan 13 turdagi vazifa va funksiyalar qisqartirildi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilgan, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini takrorlovchi, ortiqcha va xos bo‘lmagan qisqartirilayotgan vazifa hamda funksiyalar ro‘yxati:

1. Fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini ta'minlashda ko‘maklashish.

2. Kvartira mulkdori yo‘qligida avariyani bartaraf etish uchun xonadonga kirish.

3. Qarovsiz uy hayvonlari yoki qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlarni egasini qidirish choralarini ko‘rish, qarovsiz hayvonlarni tutib olgan shaxsning iltimosiga ko‘ra hayvonlarni boqish uchun zarur sharoiti bo‘lgan shaxsni topish hamda hayvonlarni unga topshirish.

4. Imoratni qurish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari asosida qurilganligini aniqlash.

5. Hududlarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi va kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishini ta'minlash.

6. Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlarni amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish uchun tuziladigan tuman (shahar) komissiya tarkibida ishtirok etish.

7. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, mehnatni muhofaza qilishni ta'minlashda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa organlarga ko‘maklashish.

8. Aholi punktlari sanitariya jihatidan tozalanishiga hamda maishiy-ro‘zg‘or chiqindilari to‘plab olib ketilganligi uchun to‘lovlarni vaqtida to‘lanishiga ko‘maklashish.

9. Chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun abonentlar bilan shartnomalar tuzish va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash.

10. Maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasidagi amaliy tizimni tashkil etish, qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha majburiy to‘lovlarni to‘lovchi jismoniy shaxslarning hisobi yuritilishini tashkil etish.

11. Yong‘in xavfsizligini ta'minlash masalasi uzoq vaqtdan buyon hal etilmayotgan obektlar va aholi punktlariga reydlar tashkil etish.

12. Jismoniy tarbiya hamda sportni rivojlantirish uchun, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan, sharoitlar yaratish hamda ushbu sohada davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.

13. Bolalar-o‘smirlar sport-moslashtiruvchi maktablarini, moslashtiruvchi bolalar-o‘smirlar jismoniy tayyorgarlik klublarini tashkil qilish.

14. Mahallalarda futbol maydonlari va boshqa sport inshootlarini obodonlashtirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalariga ko‘maklashish.

15. Yosh oilalarga sifatli ta'lim, tibbiy, huquqiy, axborot, maslahat va boshqa, jumladan bolalar sog‘lig‘ini saqlash va tarbiyalashni ta'minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

16. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish.

17. Har bir dehqon xo‘jaligini va unga oid ma'lumotlarni xo‘jalik kitobiga kiritish.

18. Ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obektlari bo‘lmagan hududda fermer va dehqon xo‘jaliklari tashkil etilganida mazkur hududni birlamchi obodonlashtirishni amalga oshirish.

19. Dehqon xo‘jaligi uchun kerakli mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olishda ko‘maklashish.

20. Fermer va dehqon xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish hamda ishlab chiqarish obektlari va uy-joylar barpo etishda yordam ko‘rsatish.

21. Fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish obektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga ko‘maklashish.

22. Foydalanilmayotgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni ularda mahsulot yetishtirishni va tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun fermer xo‘jaliklariga ijaraga berish.

23. Fermer xo‘jaliklari boshliqlari va xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish.

24. Qishloq xo‘jalik ekinlarining navli urug‘lik hamda ko‘chatlari, organik va mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalardan, kasalliklar hamda begona o‘tlardan himoya qilish vositalari yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati ko‘rsatish tizimi orqali xizmatlar, shuningdek, texnikaviy xizmat ko‘rsatish.

25. Qishloq xo‘jaligi texnikasi, asbob-uskunalar va inventarlarni lizing asosida sotib olishga ko‘maklashish.

26. Fermer va dehqon xo‘jaliklariga zotdor chorva mollar va parrandalar, shuningdek, omixta yem sotib olishda ko‘maklashish.

27. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining chorva mollariga veterinariya xizmati ko‘rsatilishi uchun sharoitlar yaratib berish.

28. Fermer va dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda ko‘maklashish.

29. Noqishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etayotgan fermerlarni rag‘batlantirish.

30. Fermer va dehqon xo‘jaliklariga konsalting va axborot yo‘sinidagi boshqa xizmatlarni ko‘rsatish.

31. Tegishli hududda barcha dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan mahsulotning prognoz hajmlari to‘g‘risida qaror qabul qilish.

32. Tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlar, shuningdek, boqiladigan chorva mollari va parrandalarning aniq hisobini yuritish maqsadida ekinlar, mahsulotlar hajmi, sotilgan, eksport qilingan va ichki iste'mol uchun qolgan miqdorlari to‘g‘risida har oy yakuni bo‘yicha tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga ma'lumot taqdim etish.

33. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda, shuningdek, boshqa tadbirlarda ishtirok etish, davlat organlariga ko‘maklashish.

34. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.

35. O‘simliklar karantini sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish.

36. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ishtirok etish.

37. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.

38. Veterinariya sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.

39. Veterinariya bo‘limlariga itlarni quturishga qarshi o‘z vaqtida vaksinatsiya qilish uchun itlarni saqlaydigan fuqarolar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim qilish.

40. Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, tadbirlar o‘tkazilishiga ko‘maklashish.

41. Fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashlarini kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etish va nazorat qilish.

42. Qishloq xo‘jaligi ekinzorlarida chorva va parrandalarni boqish, shunday ekinzorlar orqali avtotransport yoki qishloq xo‘jalik texnikasi, hayvonlarni olib o‘tish hamda ekinlarning payhon bo‘lishiga olib keladigan boshqa hollarga qarshi kurashish.

43. Toshkent shahar mahalla fuqarolar yig‘ini raislari tomonidan ichki ishlar bo‘limlarida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma berishda kundalik ishtirok etish.

44. Simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslarini aholi tomonidan topshirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

45. Ko‘mir mahsulotlarining aholiga belgilangan tartibda taqsimlanishi va sotilishini ta'minlash.

46. Zayomdan foydalanishning butun davrida zayomdan samarali va maqsadli foydalanishning doimiy monitoringini olib borish.

Mavzuga oid