O‘zbekiston | 12:09 / 19.02.2020
2050
5 daqiqa o‘qiladi

Tashkent Pharma Park direksiyasining asosiy vazifalari belgilanadi

Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi faoliyati tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish Direksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, prezidentning Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi tashkil etilgan.

Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

klaster rezidenti maqomini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan talabnomalarni qabul qilishni tashkillashtirish;

investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish, shuningdek ishlab chiqarish maydonchalarini joylashtirish lotlarini belgilash;

klaster hududida innovatsion loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida investorlar bilan investitsion shartnomalarni tuzish;

boshqa yuridik shaxslarning ustav fondi (ustav kapitali)da ishtirok etish, qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatxonalar va filiallar tuzish;

innovatsion loyihalarni amalga oshirish chog‘ida rezidentlarda yuzaga keladigan tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda ko‘maklashish choralarini ko‘rish, shuningdek klaster rezidentlari va qatnashchilarining yozma murojaatlarini qanoatlantirish bo‘yicha tezkor tartibda amaliy ko‘maklashish;

«yagona darcha» tamoyili bo‘yicha investitsion loyihalarga hamrohlik qilish, uning doirasida investorning vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro aloqasini muvofiqlashtirish, loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida investor uchun zarur axborotlarni taqdim etish, zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda ko‘maklashish, loyihani amalga oshirish uchun zarur axborot-maslahat xizmatlarini taqdim etish va uning to‘liq amalga oshirilguniga qadar loyihaga hamrohlik qilish;

klaster ko‘chmas mulkini operativ boshqaruvga va eksperimental-ishlab chiqarish maydonlari, ofis xonalari, konferens-zallari va boshqa xonalar va hududlarni ijaraga va subijaraga klaster rezidentlari, boshqa xo‘jalik sub'yektlariga shartnoma asosida taqdim etish;

tender, tanlov savdolari, boshqa davlat xaridlarini o‘tkazish va eng yaxshi taklif asosida xizmatlarga haq to‘lash va tovarlarni xarid qilishni amalga oshirish;

 klaster rezidentlari tomonidan o‘zlariga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

investorlar yoki rezidentlar tomonidan o‘zlariga olingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda ular bilan klaster hududida innovatsion loyihalarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi investitsion shartnomalarni bekor qilish to‘g‘risida da'vo arizalari bilan sudlarga murojaat qilish;

xalqaro moliyaviy institutlar, hamda tijorat banklarining kreditlarini jalb qilish;

klaster rezidentlari o‘rtasida samarali o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun yagona raqamli platformani yaratish, olinayotgan axborotlarni mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari, xalqaro farmatsevtik kompaniyalar va ilmiy markazlarning kelgusi tahlili uchun tayyor tahliliy va uslubiy ma'lumotlarga tizimlashtirish;

platforma imkoniyatlaridan foydalangan holda klaster rezidentlarining raqamli platformasiga integratsiya qilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish va kelgusi xizmatlarni birgalikda kengaytirish;

klaster faoliyatini operativ boshqaruv bo‘yicha boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Direksiya daromadlari:

xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlar;

klaster hududida bo‘lgan va davlat mulki hisoblangan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushgan tushumlar;

investitsion loyihalarda ulushli ishtirok etishdan tushgan dividendlar;

belgilangan tartibda doimiy foydalanishga klaster hududida

yer uchastkalarini shartnoma asosida taqdim etish;

direksiya belgilaydigan miqdorlarda klaster ishtirokchilarining ajratmalari;

qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga hosil bo‘ladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi Farmatsevtika texnik universiteti va klaster ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun xorijiy o‘quv yurtlarida tayyorlash va malaka oshirish uchun farmatsevtika va bir-biriga yaqin fanlar sohasida oliy o‘quv yurtlari, ilmiy muassasalar va tibbiy markazlar yosh olimlari, pedagogik kadrlari va mutaxassislarini jalb qilishda ko‘maklashadi.

Direksiya vaqtinchalik Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1A-uy, 100084 manzili bo‘yicha ijara haqini undirmasdan joylashtiriladi.

Mavzuga oid