Yanvar-fevral oylaridagi YTHlarning 47tasi piyodalar aybi bilan sodir bo‘lgan
Shu yilning yanvar oyi hamda 18 fevralga qadar ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalarining 47tasi piyodalar ishtirokida, ularning aybi bilan sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan YTHlar soni 10,5 foizga, ularda vafot etganlar soni 16,1 foizga kamayishiga erishilgan.
Joriy yilning 18 fevral kuniga qadar respublikada sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 656tadan 587taga, ularda vafot etganlar soni 168 kishidan 141 kishiga kamaygan. Tan jarohati olganlar soni 597 kishidan 572 kishiga kamaygan. Shunga qaramay, IIV YHXBB boshlig‘i Olim Saidovning so‘zlariga ko‘ra, yo‘llarda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari soni yuqoriligicha qolmoqda.
Matbuot brifingida oydinlik kiritilishicha, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarida piyodalar ishtiroki, ularning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi bilan bog‘liq hodisalar yetakchi bo‘lib turibdi:
- 47tasi piyodalarning yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tish;
- 16tasi tezlikni belgilangan me'yordan oshirish;
- 11tasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish;
- 1tasi yo‘nalishni keskin o‘zgartirish;
- 2tasi chorrahadan o‘tish qoidasini buzish;
- 1tasi oraliq masofani saqlamaslik;
- 35tasi boshqa sabablarga ko‘ra sodir etilgan.
Shu bilan birga, qayd etilishicha, Toshkent shahri, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda 4ta o‘ta og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari yuz bergan. Haydovchilarning belgilangan tezlikni me'yoridan oshirishi oqibatida transport vositasining boshqaruvini yo‘qotgani bir necha kishilarning umriga zomin bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisalarida vafot etganlar 147 kishini tashkil etib, shundan 20 nafari Toshkent viloyati, 15 kishi Toshkent shahri, yana 14 inson Namangan viloyatida yashab kelgan fuqarolardir.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
16:23 / 29.07.2024