Jahon | 02:15 / 21.02.2020
13023
2 daqiqa o‘qiladi

LNR Kiyevga suv pulini 58 tonna mayda pul bilan to‘ladi

Foto: Pixabay

Ukraina sharqida o‘zlarini Lugansk Xalq Respublikasi (ruscha LNR) deb ataydigan hudud rasmiylari Ukraina tomonga foydalanilgan suv uchun pulni o‘ziga xos tarzda to‘ladi. Katta miqdordagi qarzdorlik uchun pul 2 va 5 grivnalik mayda qiymatli banknotalarda to‘landi. Pulning umumiy og‘irligi 58 tonna bo‘ldi.

LNR tomoni 2 320 ta 25 kilogramli qoplarga joylangan pullarni Schaste shaharchasi yaqinidagi ko‘prikkacha olib kelib bergan. Ukraina tomoni qoplarni ko‘prikdan qo‘lda tashib o‘tkazgan. Popasnyan tuman suvoqova tashkiloti direktor o‘rinbosari Yevgeniy Lisenkoning aytishicha, luganskliklar jo‘rtaga shunday qilgan: «Oldingi safar ular bizga 100-200 grivnalik banknotalar bilan to‘lagandi, bu safar faqat 2 va 5 grivnalik yuborib, bu bilan bizning ustimizdan kulmoqchi bo‘lishdi».

Ukraina sharqidagi mojaro 2014 yilda boshlangan edi. O‘shandan buyon 2019 yilning bahorigacha Donetsk va Luganskdagi ayirmachilar egallab olgan hududlar aholisi ichimlik suvidan haq to‘lamay foydalanib keladi. 2019 yil mart oyida Ukraina tomoni agar Donetsk va Luganskdagi ayirmachilar suv uchun pul to‘lamasa, bu hududlarga suv uzatish to‘xtalishini e'lon qiladi. YeXHT o‘rtaga tushgach tomonlar foydalanilgan suv uchun haq to‘lashga kelishadi.

Bunday qiziq holat birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. 2012 yil AQSh federal sudi Samsung`ni Apple`ning dizaynini o‘zlashtirishda ayblab, Apple foydasiga 1 milliard AQSh dollari undirish haqida qaror chiqaradi. Samsung asosiy raqobatchisi Apple`ga pullarni 5 sentlik tangalar bilan to‘laydi. Umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan 20 milliard dona tanga 30 ta yuk mashinasida Apple`ning Kaliforniyada joylashgan ofisiga olib boriladi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid