Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar hujumi soni kamaygani ma'lum qilindi
Avvalroq AQSh davlat departamenti AQSh 29 fevralda «Tolibon» harakati bilan bitim imzolashga tayyorlanayotganini ma'lum qilgandi.
Mamlakatda zo‘ravonlikni pasaytirish jarayoni boshlanganidan keyingi dastlabki 12 soat davomida toliblar hujumi soni sezilarli ravishda kamaydi, deb ma'lum qildi 1TV News telekanali Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Asadullo Xolidga tayanib.
Avvalroq AQSh davlat departamenti AQSh 29 fevralda "Tolibon" harakati bilan bitim imzolashga tayyorlanayotganini ma'lum qilgandi. Tolo News telekanali toliblarga tayanib "Tolibon" harakati hukumat bilan zo‘ravonlik darajasini pasaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishganidan so‘ng bitim imzolanishini tasdiqlaganini xabar qildi. Zo‘ravonlikni qisqartirish bo‘yicha yetti kunlik rejim shanba kunidan kuchga kirdi.
Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchining qayd etishicha, toliblar kelishuvga qaramasdan ayrim hududlarda, xususan Balx viloyatida bir nechta hujum uyushtirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar rahbarlarining ko‘rsatmalari harakatning ayrim a'zolariga yetib bormagan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025