Pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti - Jamshid Qo‘chqorov
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov internetda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.
O'ylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish ko'zda tutilmagan.
— Jamshid Kuchkarov (@KuchkarovJA) February 22, 2020
Ushbu mavzuda Moliya Vazirligi tomonidan batafsil ma'lumot beriladi.
«So‘nggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan o‘qidim.
O‘ylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagan», - deb yozdi bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri.
Shuningdek, Jamshid Qo‘chqorovning bildirishicha, ushbu mavzuda Moliya vazirligi tomonidan batafsil ma'lumot beriladi.
Bundan oldin, Pensiya jamg‘armasi pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasida pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
13:25 / 19.10.2024
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
08:50 / 12.10.2024
«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari
22:19 / 11.10.2024