O‘zbekiston | 23:40 / 24.02.2020
59394
2 daqiqa o‘qiladi

Nodir Otajonov hukumatdagi lavozimini tark etdi

U «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruv raisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.

Foto: Xalqaro press klub

Nodir Sobirovich Otajonov bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ozod qilindi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Shu bilan birgalikda u «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruv raisi lavozimini saqlab qolgan.

O‘z vaqtida bosh vazir o‘rinbosari - Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari lavozimida ishlagan Nodir Otajonov 2019 yil yanvarida prezident administratsiyasiga o‘tkazilgan, 2019 yil iyulida esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi - «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlangandi.

Bundan avvalroq, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga o‘tkazilgani, uning o‘rnini birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov egallagani, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining endilikda sobiq rahbari Botir Xo‘jayev esa bosh vazir maslahatchisi etib tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid