Jamiyat | 10:10 / 25.02.2020
7959
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida soxta kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bo‘ka tumanida qalbaki 1 mln 550 ming so‘mni fuqaroga o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs jinoyat ustida ushlandi

Illyustrativ foto /KUN.UZ

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Bo‘ka tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro E.S. qalbaki 1 mln 550 ming so‘mni fuqaro S.X.ga o‘tkazgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Ushbu qalbaki kupyuralarni fuqaro E.S. tanishi O.O. bilan oldindan til biriktirib, kompyuter va rangli printerdan foydalangan holda tayyorlab kelayotganligi aniqlanib, jami 5 mln so‘m bo‘lgan 50 000 so‘mlik qalbaki kupyuralar va boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan E.S. va O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid