Jahon | 23:50 / 26.02.2020
15949
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Ukrainaning sobiq ittifoq vaqtidagi 16 mlrd dollarlik qarzini to‘lab bergan - Putin

Rossiya sobiq ittifoqning vorisi sifatida unga kirgan barcha davlatlar, jumladan Ukrainaning 16 mlrd dollarlik qarzini to‘lab bergan.

Foto: kremlin.ru

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi.

Putinning aytishicha, Rossiya sobiq ittifoqning vorisi bo‘lishga va sovet respublikalarining barcha qarzlarini to‘lab berishga rozi bo‘lganda “butun dunyo bundan xursand bo‘lgan”.

“Biz Ukrainaning o‘zi uchungina 16 mlrd dollar to‘lab berganmiz”, deb aytgan u. 

Putinning aytishicha, Rossiya qarzni to‘lab berish evaziga sobiq ittifoqning xorijdagi aktivlarini olishi kerak bo‘lgan. “Biz barcha uchun qarzni yopdik, biroq sobiq ittifoq hududida qaytadan tashkil etilgan davlatlardan ba'zilari xorijdagi aktivlarini bizga bermagan”, deb ta'kidlab o‘tgan Rossiya prezidenti.    

Sobiq ittifoq respublikalari Rossiya qarzni to‘lashni o‘z zimmasiga olishi evaziga ittifoqning xorijiy aktivlaridagi ulushidan voz kechgan.  

Sobiq ittifoq qarzining aniq qiymati ma'lum emas, biroq u 90-100 mlrd dollarga baholanadi. 

Rossiya 2017 yil yozida sobiq ittifoqning barcha qarzlarini to‘lab bergani ma'lum qilingan.

Mavzuga oid