Sport | 12:26 / 27.02.2020
23344
7 daqiqa o‘qiladi

Yangi sxema va ideal almashtirish: Gvardiola Zidanni ikki yurishda mot qildi

«Manchester Siti» bosh murabbiyining nostandart qarorlari safarda «Real» ustidan g‘alabani ta'minladi (2:1).

«Real» — «Manchester Siti» — 1:2 (0:0)
Gollar: Isko, 60 (1:0). Gabriel Jyezus, 78 (1:1). De Bryuyne, 83 — penalti (1:2).
«Real»: Kurtua, Karvaxal, Serxio Ramos, Varan, F.Mendi, Kazemiru, Valverde, Modrich (Vaskes, 84), Isko (Yovich, 84), Benzema, Vinisius Junior (Beyl, 75).
«Manchester Siti»: Ederson, Uoker, Otamendi, Lyaport (Fernandino, 33), Benj.Mendi, Ernandes, Gundo‘g‘an, De Bryuyne, Mahrez, Gabriel Jyezus, Bernardu Silva (Sterling, 73).
Ogohlantirishlar: F.Mendi, 29. Valverde, 48. Modrich, 54.
Chetlatish: Serxio Ramos, 86.
Hakam: Orsato (Italiya).
26 fevral. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.

Bir yil muqaddam biz Chempionlar ligasi pley-off bosqichi tarixidagi eng murosasiz va ehtirosli to‘qnashuvlarga guvoh bo‘lgandik. Bu mavsum esa «futbol shaxmati» atamasi tez-tez yodga olinmoqda. Masalan, o‘tgan haftada «Atletiko» «Yurgen Kloppni qanday yengish mumkin?» mavzusida master-klass o‘tdi. Garchi «Liverpul»ning mag‘lubiyatiga qisqa ta'til sabab sifatida keltirilgan bo‘lsada — Diyego Simeonening taktik futboli benuqson ko‘rindi.  «Napoli» ham taktik jihatdan «Barselona» va Messini deyarli ilojsiz ahvolda qoldirdi.

Chorshanba oqshomida Zinedin Zidan va Xosep Gvardiola ilk murabbiylik duelini o‘tkazishdi. Fransuz shu kunlarda o‘z hamkasbiga xushomadlar yomg‘iri yog‘dirdi va Pepni jahonning eng yaxshi murabbiyi deb atadi. Albatta Zizuning o‘zining fanatlari va Klopp talanti muxlislari bu so‘zlarga qo‘shilmaydi. Umuman, bu did ishi — figurali uchish va badiiy gimnastikadagi kabi, bu o‘rinda hakam fikrini o‘zgartirganidan keyin ham baho sub'yektivligicha qoladi.

Sportda hamisha natija obektiv o‘lchov bo‘lib qoladi.

«Manchester Siti» yevrokuboklardan ikki mavsumga chetlatilar ekan, klub uchun bu mavsumda yagona ovunch Chempionlar ligasi g‘olibligi bo‘lib qolar ekan, Gvardiola pragmatikka aylanishi tabiiy. U hech kim kutilmagan boshlang‘ich tarkibni tanladi. 4-4-2 sxemasi va Gabriel Jyezus qanotda, De Bryuyne va Bernardu Silva siymosida ikkita «yolg‘on to‘qqizlik» — buni kimdir kutganmidi?

Bu qaror kutilganidan ham ziyod o‘zini oqladi. «Siti» faqat tanaffus arafasida to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlikni boy bera boshladi, lekin bu «Real»ga hech narsa keltirmadi. Madridliklar birinchi bo‘limda juda kam zarba berishdi — 45 daqiqada uch urinish, bu so‘nggi 7 mavsumda Chempionlar ligasidagi eng yomon natija, turnirdagi yuzinchi o‘yinini o‘tkazgan Benzemaning bosh bilan burchakka yo‘llagan zarbasini Ederson qaytarib yubordi.

Ederson faqat bir marta qutqardi, maydonning narigi tarafida esa Kurtua doimiy ravishda qahramonlik ko‘rsatib turishiga to‘g‘ri keldi. Belgiyalik futbolchi ketma-ket seyvlar ijro etar ekan, Zidanga uch marta «quloqli» kubok yutishda yordam bergan Navasdan kam joyi yo‘qligini isbotladi. Ikkinchi bo‘limda Benzema va Modrich bosim uyushtirib, raqibni to‘pni yo‘qotishga majbur qilishdi, Otamendi, Ernendes va Uoker xatolar seriyasini ijro etib berishdi, to‘pga ega chiqqan Vinisius Junior esa qarshi hujumni yakunlashni Iskoga qo‘yib berdi - 1:0. Barcha shu vaqtgacha hech qachon YeChLdan chiqib ketmagan Zizuning sehriga ishona boshladi.

Ammo, statistikaga qarasak, bu o‘yinda Zidan shogirdlarining mag‘lub bo‘lish ehtimoli 94 foizga teng bo‘lgan. 60-daqiqaga qadar Benzemaning yagona golli vaziyatiga qarshi mehmonlar kamida 6ta golli vaziyat yaratishgan, Gabriel Jyezus va Mahrez kamida bittadan gol urishi kerak edi. Buning barchasi — Gvardiolaning xizmati. U tanlagan reja ish berdi, uning tavakkalchiligi jamoa o‘yinini buzib qo‘ymadi, birgina futbolchi almashtirish bilan o‘yinda burilish yasaldi. Endigina jarohatini tuzatib qaytgan Sterling va Jyezus shunchaki o‘z pozitsiyalaridagi o‘z ishlarini qilishdi. Birinchisi birinchi gol urilgan hujumda golli uzatmadan oldingi uzatmaga mualliflik qildi va keyinroq hal qiluvchi penalti ishladi.

Foto Reuters

Ikkinchisi —  De Bryuynening a'lo uzatmasi uzatilgan joyda o‘z imkoniyatini kutdi. Hisobdagi ustunlik vaqtida Zidan maydonga tashlagan Beyl esa hech narsa qilib bera olmadi.

Albatta, barchasi boshqacha ssenariyda kechishi ham mumkin edi, hisob 1:0 bo‘lib turgan vaqtda Serxio Ramosning jarima maydoni ichida turib bergan zarbasini Fernandino to‘sib qoldi. Keyin esa jamoa sardori Jyezus gol urgan vaziyatda to‘p uchun kurashni boy berdi.

«Barselona»dan keyin uning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklari uchun dashnomlardan charchagan Pep tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ham ketgan, endi u o‘z tanqidchilariga juda zo‘r javob qaytardi. Bu o‘yinda nihoyat VAR ham unga yordam berayotgandek, «Siti» birinchi golni urganida Jyezus Ramosga tegingani qo‘pollik sifatida qayd etilmadi.

Ko‘p o‘tmay Sterling Karvaxalni o‘ziga qo‘pollik ishlatishga majbur qildi, boshqa jamoadoshlaridan farqli ravishda De Bryuyne xotirjamlik bilan penaltini aniq ijro etdi — 1:2! Inglizlar besh daqiqa ichida barchasini o‘zgartirib yuborishdi.

Ramos o‘yin antiqahramoniga aylandi - ikkinchi gol o‘tkazilganidan keyin ham mehmonlar hujumlar uyushtirishda davom etishdi va shunday hujumlardan birida sardor Jyezusni quvib yetolmadi va u jarima maydoniga kirishidan oldin qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Hakam uni maydondan chetlatdi, endi javob o‘yinida Pep Gvardiola — Zinedin Zidanni turnirdan chetlatishi oydinlashmoqda.

Bir yil avval bo‘lgani kabi Ramos 1/8 finalning javob uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. «Ayaks»ga qarshi javob o‘yini qanday kechganini esa madridliklar eslashni ham istashmaydi.  Gvardiolaga esa titul har qachongidan ko‘ra zarurroq.

Mavzuga oid