Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «Manchester Siti» Madridda kambek qildi, «Yuventus» minimal hisobda yutqazdi
Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan dastlabki bahslar yakunlandi.
«Real» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qilib, mag‘lubiyatga uchradi. «Shaharliklar» Jyezus va de Bryuynening gollari evaziga kambek qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Buning ustiga Madrid klubi himoyachisi Serxio Ramos qizil kartochka oldi va javob bahsini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
«Yuventus» esa Fransiyada «Lion»ga minimal hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Tuzarning goli mezbonlarga g‘alaba taqdim etdi.
YeChL, 1/8 final, 26 fevral
Real – Manchester Siti 1:2
«Santyago Bernabeu»
Gollar: Isko (60) – Jyezus (78), de Bryuyne (83, penalti).
Real: Kurtua, Karvaxal, Varan, Mendi, Ramos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 84), Isko (Yovich, 84), Valverde, Vinisius Junior (Beyl, 75), Benzema.
Manchester Siti: Ederson, Mendi, Otamendi, Laport (Fernandino, 33), Uoker, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Bernardu Silva (Sterling, 73), Rodri, Marez, Jyezus.
Ogohlantirishlar: Mendi (29), Valverde (48), Modrich (54).
Chetlatish: Ramos (86).
Lion – Yuventus 1:0
«Grupama Stedium»
Gol: Tuzar (31).
Lion: Antoni Lopesh, Marselo, Denayyer, Marsal, Dyubua (Tete, 78), Tuzar, Bruno Gimaraes, Auar, Korne (Andersen, 81), Toko-Ekambi (Tere, 66), Dembele.
Yuventus: Shensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Danilo, de Ligt, Rabo (Bernardeski, 78), Pyanich (Remzi, 62), Bentankur, Kuadrado (Iguain, 70), Ronaldu, Dibala.
Ogohlantirishlar: Marselo (28), Korne (61).
Mavzuga oid
20:31 / 16.04.2025
«Butun dunyo o‘yin tugadi, deb o‘ylagandi». «Real»ning YeChL pley-offlaridagi 5 ta kambeki
12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari
16:33 / 21.02.2025
YeChL qur’asi: «Liverpul»ga «PSJ» raqib va Madrid derbisi
16:14 / 19.09.2024