Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada epidemiya holatiga zaxiralash kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati tuzildi
Germaniyada koronavirus epidemiyasi va u bilan bog‘liq karantin holatiga zaxiralab qo‘yish kerak bo‘lgan mahsulotlar va buyumlar ro‘yxati e'lon qilindi. Ro‘yxat aholini himoyalash va falokatlar vaqtida yordam berish boshqarmasi tomonidan tuzilgan.
Ta'kidlanishicha, nemislarga 10 kunlik karantin holatiga uyda quyidagi zaxiralarga ega bo‘lish tavsiya qilingan (bir kishi hisobidan): 20 litr ichimlik suvi, jami 3,5 kg turli yorma, non, kartoshka, makaron va guruch, 2,5 kg konservalangan sabzavotlar va yong‘oqlar, 4 kg quritilgan mevalar va konservalangan mevalar, 2,6 kg sut va sut mahsulotlari, jami 1,5 kg go‘sht, baliq, tuxum yoki tuxum kukuni, 0,4 kg mol yog‘i va o‘simlik yog‘i, me'yorida tayyor mahsulotlar: shakar, asal, un, pechene, shokolad.
Bunday hajmdagi oziq-ovqat mahsulotlari katta yoshli odamni kuniga 2200 kkal quvvat bilan 10 kun davomida ta'minlashga yetadi. Bundan tashqari, uyda dori-darmonlar, shamlar, gaz gorelkasi, fonar, batareykalar, dezinfeksiya vositalari zaxirasi bo‘lishi shart.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 45 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025