O‘zbekiston | 18:20 / 28.02.2020
60024
2 daqiqa o‘qiladi

O‘ktam Barnoyev bosh vazirga o‘rinbosar bo‘ldi

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘.I.Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

«O‘ktam Isoyevich Barnoyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlansin va shu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilsin», deyiladi farmonda.

27 fevral kuni Qonunchilik palatasi deputatlari O‘ktam Barnoyev nomzodini bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqqandi.

O‘ktam Barnoyev muqaddam Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2016 yilning dekabridan buyon Buxoro viloyatiga hokimlik qilib kelayotgandi.

26 fevral kuni prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga binoan hukumat ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar ro‘y bergan, hujjat bilan bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilgandi.

Mavzuga oid