Qoraqalpog‘istonda qo‘shnilarning bir-birini haqorat qilishi og‘ir oqibatlarga olib keldi
Qoraqalpog‘istonda bir fuqaro ikkinchisining bosh qismiga ketmon bilan urib tan jarohati yetkazdi

Foto: Tergov departamenti
2020 yilning 25 fevral kuni taxminan soat 11:00larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Tinchlik” ovulida 28 yoshli G.B. va uning qaynonasi 56 yoshli G.Sh. qo‘shnisi 36 yoshli X.D. bilan o‘zaro bir-birlarini haqorat qilib janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, janjal vaqtida X.D.ning eri 39 yoshli I.S. xotinining yonini olish maqsadida, qo‘shnisi G.B.ning bosh qismiga ketmon bilan urib unga tan jarohati yetkazgan, natijada G.B. shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

09:16 / 20.03.2025
O‘zbekiston Malayziya bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy hamkorlik qiladi

10:10 / 05.03.2025