Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va NATO Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketadi
Qatar poytaxti Doha shahrida AQSh va «Tolibon» o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi.
AQSh va NATO 14 oy davomida Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketadi. Bu haqda qo‘shma deklaratsiyada aytilmoqda, deb xabar berdi Tolo News telekanali.
"AQSh, uning ittifoqchilari va Koalitsiya ushbu qo‘shma deklaratsiya e'lon qilinganidan hamda AQSh va "Tolibon" o‘rtasida kelishuv imzolanganidan so‘ng 14 oy ichida Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketadi", - deyiladi deklaratsiyada.
Shuningdek, aytilishicha, AQSh "Tolibon" bilan kelishuv imzolanganidan so‘ng 135 kun ichida bazalardagi qolgan kuchlarini olib chiqib ketadi va Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 8600 nafargacha kamaytiradi".
Bir oz avval esa AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolangani xabar qilindi.
Qayd etilishicha, Qatar poytaxti Doha shahrida kelishuvni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar imzolagan.
AQSh va “Tolibon” Dohada 2019 yil davomida muzokaralar olib borgan, biroq tinchlik kelishuvining imzolanishi Afg‘onistonda amerikalik harbiylarning halok bo‘lishiga olib kelgan terakt sababli barbod bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025