Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Choyxonada o‘ziga notanish bo‘lgan fuqaroga pichoq bilan jarohat yetkazgan retsidivist ushlandi
Andijon viloyatida bir xil jinoyat sodir qilgan retsidivist ushlandi
2020 yilning 26 fevral kuni taxminan soat 02:00larda muqaddam qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati uchun sudlangan 20 yoshli Sh.M. Oltinko‘l tumani Chamanzor ko‘chasida joylashgan choyxonada o‘ziga notanish bo‘lgan 38 yoshli B.K. bilan o‘zaro janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u yonidagi xo‘jalik pichog‘i bilan B.K.ning ko‘krak qismiga tan jarohati yetkazgan. Natijada B.K. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida xo‘jalik pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. B.K. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025