Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 21:14 / 02.03.2020
4158
3 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda «Ishga marhamat» monomarkazlari va kasbga tayyorlash markazlari tashkil etiladi
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Farmonda belgilanishicha, Vazirlar Mahkamasi:
- ikki oy muddatda har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xarita”sini va mazkur kurslarning bitiruvchilariga eng ilg‘or loyiha uchun grantlar ajratish tartibini tasdiqlaydi;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan 30 ta kollej bazasida, shuningdek, Toshkent shahrining har bir tumanida kamida bittadan “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etib, ularda, birinchi navbatda, ishsizlar va kambag‘al oilalar a'zolarining tadbirkorlik asoslari bo‘yicha va kasbga o‘qitilishini ta'minlaydi.
- Xuddi shu kabi monomarkazlar va kasbga tayyorlash markazlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning shahar va tumanlarida ham bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
- Kasbga o‘qish istagini bildirgan yolg‘iz va ko‘p bolali ayollar, ishsizlar, yoshlar uchun kundalik hayotda ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar, xususan tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kasbga o‘rgatish kurslari tashkil etiladi.
- Bir oy muddatda “Mahalla guzarlarida kasbga o‘qitish dasturi” ishlab chiqilib, talabgorlar ro‘yxati shakllantiriladi.
- Kasbga o‘rgatish kurslari doirasida o‘qitilgan yolg‘iz va ko‘p bolali ayollar, ishsizlar va yoshlar kabi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mablag‘ ajratiladi.
- Ilg‘or tadbirkorlik loyihalariga grantlar ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
- 2020 yil 1 mayga qadar har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash o‘quv dasturi” bo‘yicha nodavlat tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, uning g‘oliblariga o‘z ishini tashkil qilish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan grant ajratish tartibi ishlab chiqiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi
15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi
17:25 / 28.03.2025
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi
17:50 / 27.03.2025