Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat siri deb hisoblangan ma'lumotlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi
2020 yil 1 sentyabrga qadar davlat siri deb hisoblangan ma'lumotlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi hamda keyinchalik u maxfiylikdan chiqariladi
Prezident “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ilm va ma'rifat, axborot texnologiyalari, mehnat munosabatlari va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish imkoniyati asossiz ravishda cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, shuningdek, xalqaro standartlarni inobatga olgan holda 2020 yil 1 sentyabrga qadar davlat siri deb hisoblangan ma'lumotlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish hamda keyinchalik uni maxfiylikdan chiqarish choralarini ko‘radi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Adliya vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tuzilmasida parlamentarizmni rivojlantirish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘quv markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan:
xorijiy mamlakatlarning parlamentlari va boshqa manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda deputatlik korpusi va senatorlar hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mutaxassislarining ko‘nikmalari, malakasi va salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ro‘yobga chiqarish;
qonun ijodkorligi, parlament nazorati, fuqarolarning manfaatlarini ifoda etish va xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonun hujjatlarining tartibga solish ta'sirini baholash, normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish yukini maqbullashtirish;
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichida va uning tashqarisida masofaviy o‘qitish uchun ta'lim modullari va dasturlarini o‘z ichiga olgan hamda “Elektron parlament” tizimi bilan integratsiyalashgan “onlayn” tizim yaratish.
Belgilanishicha, o‘quv markazining faoliyat yuritishi, tahsil oluvchilar va xorijiy davlatlar ekspertlarining mamlakatda bo‘lishi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, xalqaro tashkilotlar va donorlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu bandda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020 yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida belgilangan tartibda moliyaviy mablag‘lar ajratilishini ta'minlasin, 2021 yildan esa har yili budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga mazkur institutni isloh qilishning hozirgi bosqichini hisobga olgan holda, uning faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qilish
tavsiya etildi.
Mavzuga oid
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
15:51 / 08.01.2025
Davlat sirlari to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Nimalar ko‘zda tutilgan?
16:30 / 13.12.2024
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev hayotiga oid ma’lumotlar maxfiylashtiriladi
17:11 / 22.08.2024