Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda koronavirus tarqalishi xavfi sababli ommaviy tadbirlar bekor qilindi
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakat hududida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat aniqlanmagan. 500dan ortiq kishi shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi.
Qirg‘izistonda aholining koronavirusga chalinish xavfi sababli ommaviy tadbirlar, jumladan 8 mart va Qalpoq kuniga bag‘ishlangan konsertlar bekor qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha respublika shtabi koronavirus tarqalishi xavfi bois ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi", - dedi matbuot xizmati vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro xotin-qizlar kuni va Qalpoq kuniga bag‘ishlangan konsertlar hamda qator sport tadbirlari bekor qilingan.
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakat hududida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat aniqlanmagan. 500dan ortiq kishi shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi.
Avvalroq Qozog‘istonda koronavirus sababli 8 mart sanasiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazilmasligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025