Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvarseneggerning da'vosidan so‘ng unga qiyofadosh robot yo‘q qilinadigan bo‘ldi
Avvalroq TMZ portali Arnold Shvarsenegger Rossiyadagi xizmatchi robotlar ishlab chiqaruvchi Promobot kompaniyasidan 10 million dollar talab qilayotgani haqida xabar bergandi.
Promobot kompaniyasi tashqi ko‘rinishi aktyor Arnold Shvarseneggerga o‘xshaydigan robotini yo‘q qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
"Odamga o‘xshash mazkur robot enagani yo‘q qilish rejalashtirilgan. U hozir AQShning Nyu-York shahridagi Toy Fair ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda. Biz uning Arnold Shvarsenegger ekanligini aytmaganmiz, uning ismini tilga olmaganmiz, o‘z mahsulotimizni sotish uchun uning tashqi ko‘rinishidan foydalanmaganmiz, robotni yo‘q qilamiz", — deyiladi kompaniya tomonidan.
Avvalroq TMZ portali Arnold Shvarsenegger Rossiyadagi xizmatchi robotlar ishlab chiqaruvchi Promobot kompaniyasidan 10 million dollar talab qilayotgani haqida xabar bergandi. Da'voda aytilishicha, kompaniya o‘z mahsulotlarida aktyorning qiyofasidan uning ruxsatisiz foydalangan.
Kompaniya avvalroq robot enaga mustaqil ravishda bolalarga qarab turishini ma'lum qilgandi. U ko‘z, lab, qoshlarini qimirlata oladi, gaplashadi. Unga istalgan insonning ko‘rinishini berish, hattoki ota-onaning nusxasiga aylantirish mumkin.
Mavzuga oid
22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
10:37 / 20.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi
11:24 / 07.04.2025
Kawasaki o‘zining robot otini namoyish etdi. U tog‘larda ham yugura oladi
18:24 / 05.04.2025