Tergov departamentida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Tergov departamenti apparatida uchta yangi tayinlov sodir bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti apparatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Otabek Valijonovich Xo‘jayev egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Shuningdek, vazirning buyrug‘i bilan Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Rustam Bahodirovich Bozorov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti surishtiruv ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tergov departamenti surishtiruv ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Sobirzoda Sobir o‘g‘li Oripov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bundan oldin, Surxondaryo va Farg‘onada PPXga yangi boshliqlar tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024