Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada yangi bosh vazir tasdiqlandi
Ukraina oliy radasi prezident Vladimir Zelenskiyning bosh vazir lavozimiga Denis Shmigalni tasdiqlash taklifini qo‘llab-quvvatladi. Avalroq, 4 mart kuni bosh vazir lavozimini egallagan Aleksey Goncharuk iste'foga jo‘natilgandi.
45 yoshli Shmigalning nomzodi uchun 291 deputat ovoz bergan, 59 deputat qarshi chiqqan, 49 deputat betaraflik bildirgan.
Shmigal 5 fevraldan boshlab bosh vazir o‘rinbosari hamda jamoalar va hududlarni rivojlantirish vaziri lavozimlarini egallab kelgan. Bungacha u Ivano-Frankovsk oblastiga rahbarlik qilgan.
Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, yangi bosh vazirni 226 deputat qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Shmigal rada deputatlari oldidagi nutqida u boshchilik qiladigan hukumatning birinchi vazifalaridan biri 2020 yilgi budjetni qayta ko‘rib chiqish bo‘lishini aytgan.
O‘z navbatida muxolifat vakillari Shmigalning bosh vazir lavozimiga tasdiqlanishini tanqid qilib, “hokimiyatning yangi tajriba o‘tkazishga urinishi” deb aytishgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025