Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narxlar tushib ketgani sababli Amerika birjalaridagi savdolar to‘xtatildi
Birjalardagi pasayish COVID-19 virusi epidemiyasi va OPeK+ kelishuvining barbod bo‘lishi bilan bog‘liq.
Foto: Getty Images
Amerika savdo maydonchalaridagi savdolar kotirovkalarning pasayishi bilan ochildi. Savdo boshlanishi bilanoq S&P 500 indeksi 7 foizga tushib ketdi, natijada savdolar to‘xtatildi. Bu vaqt ichida Dow Jones indeksi 7,29, NASDAQ Composite indeksi 6,86 foizga pasaydi.
Amerika bozori surunkasiga uchinchi kun pasaymoqda. Uch kun mobaynida Dow Jones 27090,86 punktdan 23979,9 punktgacha (minus 11,48 foiz), NASDAQ 9018,09 punktdan 7987,44 punktgacha (minus 11,43 foiz) tushdi.
Birjalardagi pasayish COVID-19 virusi epidemiyasi va OPeK+ kelishuvining barbod bo‘lishi bilan bog‘liq. Bugungi savdolarda Brent rusumidagi neft narxi bir barrel uchun 31,27 dollarni tashkil etdi.
Osiyo va Yevropadagi indekslar ham tushib ketdi. Hang Seng indeksi 4,07 foiz, Nikkei 225 indeksi 5,77 va Shanxay fond birjasi indeksi 2,11 foizga pasaydi.
Londondagi FTSE 100 indeksi 8,54 foiz, Germaniyadagi DAX 8,09 foiz, Fransiyadagi CAC 40 birjasi indeksi 6,31 foizga tushib ketdi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
20:45 / 21.02.2022