Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabz tumanida Qizil kitobga kiritilgan baliqni noqonuniy ovlaganlar ushlandi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani «Hazora» MFYda Qizil kitobga kiritilgan 22ta O‘zbekiston gulbalig‘i (forel) ovlagan shaxslar ushlangan. Tabiatga yetkazilgan zarar 73 million 590 ming so‘mga baholangan.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Shahrisabz ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi va Shahrisabz tumani IIB xodimlari jonbozligida tumanning «Hazora» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan shu nomdagi qishloqda yashovchi fuqaro J.B. tomonida Tanxoz daryosining Qoramur qishlog‘idan o‘tuvchi qismida 22 dona O‘zbekiston gulbalig‘ini noqonuniy ravishda ovlagani aniqlangan.
Ashyoviy dalil sifatida fuqaro J.B.dan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 22 dona gulbaliq (forel) va 2 dona qarmoq voqea joyida olingan va bayonnoma rasmiylashtirilgan. Fuqarodan holat yuzasidan tushuntirish xati olingan.
Mazkur shaxs tegishli ruxsati bo‘lmay turib ovlanishi taqiqlangan noyob baliq turini ovlagani uchun javobgarlikka tortildi va tabiatga yetkazilgan zarar undiriladigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
13:52 / 02.03.2025
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi
17:58 / 08.11.2024
Qashqadaryoda 28 yoshli ayol antibiotikdan keyin vafot etdi
21:13 / 31.10.2024
Tipratikan yo‘qolib ketish arafasidagi tur sifatida Qizil kitobga kiritildi
13:08 / 05.09.2024