Jahon | 20:58 / 09.03.2020
9349
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp fond bozorlarining tushib ketishiga Rossiya va Saudiya Arabistoni sababchi bo‘lganini aytdi

Juma kuni Rossiya va OPeK 2016 yildan buyon neft narxini bir maromda ushlab turgan neft qazib olish hajmi bo‘yicha bitimni bekor qildi. Shundan keyin Saudiya Arabistoni o‘z neftiga chegirmalar joriy etdi va neft qazib olish hajmini oshirishini e'lon qildi. 

Foto: John Moore/Getty Images

Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ziddiyat hamda yolg‘on xabarlar fond bozorlarining tushib ketishiga sababchi bo‘lganini aytdi.  

«Saudiya Arabistoni bilan Rossiya neft narxi va qazib olish hajmi borasida bahslashmoqda. Bu va feyknyus fond bozorining tushib ketishiga sabab bo‘ldi», — deb yozdi Tramp tvitterda

Juma kuni Rossiya va OPeK 2016 yildan buyon neft narxini bir maromda ushlab turgan neft qazib olish hajmi bo‘yicha bitimni bekor qildi. Shundan keyin Saudiya Arabistoni narx urushini boshladi: o‘z neftiga chegirmalar joriy etdi va neft qazib olish hajmini oshirishini e'lon qildi. 

Dushanba kuni Brent nefti narxi 30 foizga tushib ketdi. Xalqaro bozorda dollar narxi 75 rubldan, yevro narxi 86 rubldan oshdi.

Neft narxi tushishi ortidan fond indekslari pasaya boshladi

Taniqli iqtisodchi Yuliy Yusupov neft narxi pasayishda davom etsa, O‘zbekiston milliy valutasi so‘m qadrsizlanishi mumkinligini taxmin qildi

Mavzuga oid