Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT jurnalistlar huquqini ta'minlashda O‘zbekistondan o‘rnak olishga chaqirdi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakilligi ofisining rasmiy saytida joriy yilning 5-6 mart kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan II Markaziy Osiyo sudyalar muloqoti natijalari bo‘yicha press-reliz e'lon qilindi.
Ushbu chiqishda YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
U O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni bekor qilish bo‘yicha yangi qonunni qabul qilishini, shuningdek blogerlarga jurnalistlarga beriladigan huquqlar berilishini olqishlagan. U ushbu masalada mintaqadagi boshqa davlatlarni ham O‘zbekistondan namuna olishga chaqirgan.
Qolaversa, YeXHTning maxsus vakili Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashiga Samarqandda Markaziy Osiyo sudyalarining muloqotiga keng maydon yaratib bergani uchun minnatdorchilik bildirgan.
«YeXHTning ushbu bayonoti O‘zbekistonning so‘z erkinligi borasidagi faoliyatiga yuksak baho hisoblanadi, boshqa davlatlarni ham o‘rnak olishga chaqirish holati kamdan-kam bo‘ladi», deya qayd etgan Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
20:58 / 02.05.2025