Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyada dunyodagi yagona urg‘ochi oq jirafa va uning bolasi o‘ldirildi
Keniyada brakonerlar dunyodagi yagona urg‘ochi oq jirafani va uning bolasini o‘ldirishdi.
Noyob jirafalar brakonerlar tomonidan o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda. Shu tariqa, dunyoda bu turning yagona vakili – erkak oq jirafagina qoldi.
Jirafalarning suyaklari ular yashagan Ishakbini Xirola qo‘riqxonasidan 57 km uzoqlikda mahalliy aholi tomonidan topilgan.
“Butun Keniya uchun bugungi kun qayg‘uga to‘ladir, chunki gap noyob jonzotlar haqida bormoqda”, deb aytgan qo‘riqxona rahbari Muhammad Ahmadnur.
Keniyaning yovvoyi tabiatni qo‘riqlash xizmati voqeani tergov qila boshlagan. Ma'lum qilinishicha, qo‘riqxona rahbariyati jirafalar g‘oyib bo‘lgandan keyin qo‘riqlash xizmatiga murojaat qilgan. Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, jirafalar taxminan 4 oy oldin o‘ldirilgan.
Urg‘ochi oq jirafa Keniyada 2017 yilda aniqlagan. Ilmiy tadqiqotlar ushbu jirafaning antiqa rangdaligi albinizm oqibati bo‘lmay, balki tashqi qoplama pigmentatsiyasining qisman yo‘qolishi va oq dog‘lar hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos mutatsiya ekanini ko‘rsatgan.
Keyinroq urg‘ochi jirafa 2 ta bola tuqqan. Shundan keyin olimlar bu jirafalar ko‘payishib, jirafalarning yangi turi paydo bo‘lishiga umid qilishgan.
Oq jirafalar bungacha Tanzaniya va Efiopiyada ham aniqlangan, biroq ular ham brakonerlar qo‘lidan nobud bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:31 / 24.04.2025
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
20:00 / 16.04.2025
Keniyada 5 mingta chumolini to‘plagan belgiyalik o‘smirlar hibsga olindi
11:40 / 15.03.2025
Keniyada prezident korteji britaniyalik erkakni urib ketib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi
17:33 / 03.01.2025