Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar «Foton» operatsiyasiga chek qo‘yishdi
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari aylanma yo‘llar orqali yuk avtotransport vositalarini oldindan noqonuniy ravishda olib kirish bilan shug‘ullanib kelgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yishdi.
Ma'lum bo‘lishicha, jinoiy guruh a'zolari fuqarolar N.B., A.B., T.M., I.A. va A.Sh. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi aylanma yo‘l orqali “Foton” rusumli yuk avtotransport vositasini yurtimizga olib kirishadi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
So‘ngra, jinoiy harakatlarni davom ettirishda shubha uyg‘otmaslik uchun mazkur transport vositasiga O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan boshqa transport vositasining davlat raqamini taqishadi.
Bu ham yetmaganidek, avtotransport vositasi yukxonasidagi shag‘allar ostiga yashirgancha 2 dona yuqori kuchlanishli transformator va ehtiyot qismlari ham bojxona nazoratidan yashirincha olib kirilgani aniqlandi.
Shundan so‘ng jinoiy guruhning barcha qilmishlarini fosh etish maqsadida olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlaridan so‘ng, xuddi shu zaylda muqaddam yana bir “Foton” yuk avtotransport vositasi olib kirilgani ma'lum bo‘ldi.
Qarangki, Namangan shahrida saqlanayotgan mazkur transport vositasi shubha uyg‘otmasligi uchun uning kabinasi “Maz” rusumli yuk mashinasining kabinasiga almashtirib qo‘yilgan.
Tezkor tadbirlar davomida olib qo‘yilgan yuk mashinalari, transformatorlar va boshqa tovarlarning umumiy qiymati 910 million so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025