Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,4 mlrd so‘mlik mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Respublikamiz bojxonachilari sifati kafolatlanmagan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmagan tamaki mahsulotlarining yashirin yo‘llar bilan olib kirilishiga doir yirik holatni fosh qilishdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi maxsus otryadlari bilan hamkorlikda poytaxtimizda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam qo‘shni davlatlardan noqonuniy ravishda olib kirilgan tamaki mahsulotlarining yashirin saqlanayotgan ombori fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Ma'lum bo‘lishicha, Mirobod tumanida joylashgan mazkur xonadonga tamaki mahsulotlari kichik-kichik turkumlarda “Neksiya” avtotransport vositasida keltirib turilgan. Bu jarayonda shubha uyg‘otmaslik uchun avtomashinaga aslida unga umuman tegishli bo‘lmagan davlat raqami taqilgani ham aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida xonadonda 8 turdagi 58 ming 884 quti sigaretlar saqlanayotganligi aniqlandi. Aksiz markalari bilan qadoqlanmagan mazkur tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 1 mlrd. 400 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirgi kunda bojxona organlari tomonidan jinoiy guruhning qolgan a'zolarini hamda aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan tamaki mahsulotlari yetkazib berilgan boshqa manzillarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025