Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda AutoCun tadbirida 1 kunda 72 mln. so‘m jarima undirildi, jarayon davom etmoqda
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi hamda Byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda shaharning markaziy ko‘chalarida huquqbuzarlardan ma'muriy jarimalarni undirishga qaratilgan keng qamrovli tezkor reydlar o‘tkazildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kundan kechirtirmay jarimani to‘lashi belgilangan. Agar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani qaror chiqarilgan kundan boshlab 60 kundan kechikmay to‘lashi lozim.
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga joriy yilning 12 mart kuniga qadar 39 631 ta jami 13 mlrd 507 mln 280 ming so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, shu kungacha jami 5 mlrd 400 mln 200 ming so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi ta'minlanishiga erishildi. Biroq, ish yurituvida hozirda 17 498 ta 5 mlrd 181 mln 600 ming so‘mlik ijro hujjatlari mavjud.
Shu sababli, qoidabuzarlik qayd etilgan vaqtdan boshlab 60 kun ichida jarima pullarini to‘lamay kelgan haydovchilar «Avtokon» fotovideofiksatsiya uskunasi orqali aniqlanmoqda. Ushbu qurilma jarimani o‘z vaqtida to‘lamay yurgan haydovchilarning avtomashinalarini onlayn tarzda aniqlab berish imkoniyatini beradi.

Bugun, ya'ni bir kunning o‘zida Andijon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, qoidani buzib o‘z vaqtida jarimalarni amalga oshirmagan, jami 221 nafar qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, ularga tegishli avtotransport vositasi jarima maydonchasiga olib kirib qo‘yildi.
Natijada, 12 mart kuni, ya'ni 1 kun ichida 110 nafar qarzdorlarga nisbatan yuritilgan 143 ta ijro ishi bo‘yicha 72 mln. so‘m undirildi.
Shu o‘rinda, haydovchilarimizga eslatib o‘tmoqchimiz, avvalo, yo‘llarda belgilangan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni unutmang. Agarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar bo‘lsa, o‘z vaqtida to‘lashni yoddan chiqarmang!
Ayni kunlarda ham Andijonda bunday tadbirlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
18:40 / 09.11.2024