«Elektr energetika sektori salohiyatini rivojlantirish» investitsiya loyihasi amalga oshiriladi
“Elektr energetika sektori salohiyatini rivojlantirish” (2-bosqich) investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilinadi

Foto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetika sektori salohiyatini rivojlantirish” (2-bosqich) investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qayd etilishicha, quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-20 dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida imzolangan qarz bitimiga asosan “Elektr energetika sektori salohiyatini rivojlantirish” (2-bosqich) investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga 10 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan, qaytarish muddati 30 yil bo‘lgan JICAning 36 621,0 mln. yapon iyenasi miqdoridagi imtiyozli mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 478 MVt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasini qurish”, “Toshkent issiqlik elektr markazida yuqori samarali kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etish hisobiga energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasini 450 MVt quvvatga ega bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish orqali kengaytirish”, “Namangan viloyatida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilishi” investitsiya loyihalari doirasida “Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd.” (Yaponiya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bug‘-gaz qurilmalari o‘rnatilib, foydalanilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 16 iyuldagi PQ–3857-son qaroriga muvofiq xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida soliq va bojxona imtiyozlari taqdim qilinishi va institutsional rivojlanish loyihalari uchun loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanuvi ishlab chiqilishi talab etilmaydi;
loyihaning amalga oshirish muddati 7 yil (2020-2026 yillar) etib belgilangan.
Belgilanishicha:
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish yuzasidan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Toshkent issiqlik elektr markazi” AJ, “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi” UK JICA tomonidan ajratilgan qarz mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
JICAning qarzini qaytarish, shu jumladan, foizlarni to‘lash, komissiya to‘lovlari va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq to‘lovlar “Navoiy IES” AJ, “Toshkent IEM” AJ, “To‘raqo‘rg‘on IES” UK mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati JICA tomonidan ajratilgan qarzdan foydalanish uchun “MUFG Bank, Ltd” (Yaponiya) banki bilan banklararo bitimni tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi nomidan loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi, “Milliy bank” AJ va “Navoiy IES” AJ, “Toshkent IEM” AJ, “To‘raqo‘rg‘on IES” UK o‘rtasidagi qarzdan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi agentlik bitimini tuzadi.
Butlovchi buyumlar, materiallar, ehtiyot qismlar, uskunalar, bug‘-gaz qurilmalari uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish va ta'mirlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, texnik xizmat va konsultatsiya ko‘rsatish bo‘yicha, istisno tariqasida, tender savdolarini o‘tkazmasdan:
“Navoiy IES” AJga “Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd.” (Yaponiya) va “Mitsubishi Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari bilan;
“Toshkent IEM” AJga “Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd.” va “ITOCHU Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari bilan;
“To‘raqo‘rg‘on IES” UKga “Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd.” va “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd.” (Yaponiya) kompaniyasi bilan O‘zbekiston Respublikasida ehtiyot qismlarini, butlovchi buyumlar va bug‘-gaz qurilmalari detallarini bosqichma-bosqich ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
“O‘zstandart” agentligi “Navoiy IES” AJ, “Toshkent IEM” AJ, “To‘raqo‘rg‘on IES” UK tomonidan olib kelinayotgan butlovchi buyumlar, materiallar, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalarni o‘z vaqtida sertifikatlash ishlarini amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Loyihaning amalga oshirilishi doirasida, agarda respublikada tegishli akkreditatsiya-sinov laboratoriyalari mavjud bo‘lmagan taqdirda istisno tariqasida import qilinayotgan butlovchi buyumlar, materiallar, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar majburiy sertifikatlanishidan ozod etiladi.
Mavzuga oid

12:02 / 11.03.2025
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

19:13 / 07.03.2025
Toshkent va Samarqandda noyob minerallar texnoparki tashkil etilishi mumkin

16:39 / 06.03.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

19:03 / 04.03.2025