Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangani haqida xabarlar tarqadi
Janubiy Koreyaning bir necha axborot portallari 60 nafar xorijlikda COVID-19 aniqlanganligi to‘g‘risida yangiliklar e'lon qildi.
Janubiy Koreyadagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tuzilgan markaziy shtab ma'lumotiga ko‘ra, kasallik alomatlari kuzatilgan chet elliklarning 38 nafari Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi, 7 nafari esa amerikalik ekani ta'kidlanmoqda. Mo‘g‘uliston, Vetnam, Argentina va Tailand fuqarolarida 2tadan, O‘zbekiston, Polsha, Indoneziya va Yaponiya fuqarosida bitta holat kuzatilgan.
Kun.uz’ning Janubiy Koreyadagi muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Konsullik idorasi bilan bog‘landi. Ma'lum bo‘lishicha, ma'lumotlar rasmiy keltirilmagan, sog‘liqni saqlash idoralari bilan aloqaga chiqqan holda aniqlik kiritishga harakat qilinayotgani aytildi.
Newsis va JoongAng Ilbo nashrlari tarqatgan xabarlarda xorijliklarning qaysi shaharda kasallangan ekanligi borasida batafsil ma'lumot berilmagan.
Ayni paytda 6 davlat fuqarolari maxsus immigratsiya nazorati ostida: Xitoy, Hongkong, Makao, Yaponiya, Italiya va Iron.
14 mart holatiga ko‘ra, Janubiy Koreyada kasallikka chalinganlar soni 8086ni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
17:25 / 07.05.2025